» » Hindistonda ilon u bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘rmonchini bo‘g‘ib o‘ldirishiga bir bahya qoldi (video)

Hindistonda ilon u bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘rmonchini bo‘g‘ib o‘ldirishiga bir bahya qoldi (video)


Hindistonlik o‘rmonchi besh yarim metrli ilon bilan selfi tushmoqchi bo‘lib, hayotdan ko‘z yumishiga bir bahya qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, erkak Sharqiy Bengaliya shtatidagi qishloqlardan birining aholisiga yordam berish uchun kelgan. Hodisa joyiga kelgan o‘rmonchi qishloqdagilardan birining echkisini butunligicha yutib yuborgan 40 kilogrammli ilonni ko‘rgan. Bunday vaziyatda o‘rmonchi ilonni qopga solib, odamlardan uzoqda, o‘rmonga qo‘yib yuborishi kerak bo‘lgan. Biroq erkak ilon bilan esdalik uchun bir nechta suratga tushmasdan turib, undan ajralishni xohlamagan.

O‘rmonchi ilonni bo‘yniga qo‘yganidan keyin bir necha soniya o‘tgach, ilon qimirlay va uning bo‘ynidan bo‘g‘a boshlagan. Holat aks etgan videoda ko‘rinadiki, ilonning xavfli harakatini payqagan erkak undan qutulishga harakat qilgan, biroq uning o‘zi buning uddasidan chiqa olmagan. O‘rmonchining oyoqlari ham siqilib qolganidan keyin u yordamga chaqira boshlagan va bir necha kishi yordam berishga kirishgan.

Besh kishining harakatidan keyin ilonni erkakning bo‘ynidan olib tashlashga muvaffaq bo‘lingan. Ayni vaqtda uning hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti. Ilonning taqdiri esa noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют