» » Toshkent, Namangan va Andijonning ayrim hududlarida 13-noyabr kuni elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi

Toshkent, Namangan va Andijonning ayrim hududlarida 13-noyabr kuni elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi


Toshkent, Namangan va Andijonning ayrim hududlarida 13-noyabr kuni elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

Toshkent shahrida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Chilonzor tumanidagi 8-mavze hududiga qarashli  961-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 42, 43, 44, 45, 46, 48, 49, 50, 51-sonli ko‘p qavatli aholi yashash uylarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.

Toshkent viloyati Qibray Tumanining “Gulbog‘”, “Amir Temur”, “Chingeldi”, “Toshisti”, “Do‘stlik”, “Jarboshi”, “To‘lqintepa” MFY hududlari elektr ta’minotini ta’minlovchi “Tuzel” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ushbu aholi xonadonlarida soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Alixon-2” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Dehqonobod”, “Arbag‘ish”, MFYlari Yangiqo‘rg‘on tumaning “Yangiobod” MFY hududlaridagi iste’molchilarga;

Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “M.Azam”, “Majnuntol”, “Gulbog‘” va “Chust ko‘cha” MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Andijon viloyatida “Baxt” podstansiyasida mukammal ta’mirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri hamda Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek”, “Uyg‘ur”, “Mehnat”, “Safoiy” MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida;

Shuningdek, “L-Navoiy” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlanish ishlari olib borilishi sababli “Ozod”, “Mehnatobod”, “Niyoz-botir” podstansiyasidan ta’minlanuvchi Asaka tumanidagi “Yuqori Bo‘z”, “Mehnatobod”, “Bo‘zariq”, “Marqa yuz” MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют