» » Odil Ahmedov: “Saudiyaga qarshi o‘yin ahamiyatini barcha birdek tushunib turibdi”

Odil Ahmedov: “Saudiyaga qarshi o‘yin ahamiyatini barcha birdek tushunib turibdi”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalroq terma jamoa ustozi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytargani haqida xabar berilgandi.

O‘yin haqida

— Ertangi o‘yin ahamiyatini barcha birdek tushunib turibdi. Uchrashuv uchun o‘ylab qo‘ygan rejalarimiz amalga oshib, g‘alaba qozona olamiz deb o‘ylayman.

Qirg‘izistonga qarshi markaziy himoyada o‘ynagani haqida

Himoyada birinchi marta o‘ynayotganim yo‘q. Hammasi joyida. Muammo bo‘lganicha yo‘q.

Muxlislarga murojaati

— Juda ham muhim o‘yin bizni kutib turibdi. Barcha muxlislardan bizni stadionga kelib, har qanday ob-havo bo‘lishidan qat’i nazar, xoh sovuq, xoh issiq bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz.

Mavzuga doir: Vadim Abramov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan: “O‘z kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют