» » Erve Renar: “Marokash bilan O‘zbekistonni mag‘lub etganman, biroq o‘yin oson bo‘lmagan”

Erve Renar: “Marokash bilan O‘zbekistonni mag‘lub etganman, biroq o‘yin oson bo‘lmagan”


Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida Toshkentda Saudiya Arabistoni terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv oldidan mehmonlar ustozi Erve Renar matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Mavzuga doir: Vadim Abramov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan: “O‘z kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz”

O‘yin haqida

— Bu o‘yin guruhdagi eng muhim bahslardan biridir. Oxirgi uchrashuvlardagi natijalar tufayli ham ertangi o‘yin natijasi biz uchun juda ham muhim. Ertaga faqat yaxshi natija uchun maydonga tushamiz.

O‘zbekiston termasining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida

— O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Har doim ularga qarshi o‘ynash qiyinchilik tug‘dirgan. Marokash bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan vaqtimda O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edik. O‘shanda biz g‘alaba qozongan bo‘lsak ham oson o‘yin bo‘lmagandi. (O‘zbekiston o‘shanda Temur Kapadze qo‘l ostida Marokashga 0:2 hisobida yutqazgandi — Tahririyat)

O‘zbekiston JCh—2022 saralashini omadsiz boshlagani va murabbiy almashgani haqida

— Falastinga qarshi safarda o‘ynash ham doim qiyin bo‘lgan. O‘sha bahsda O‘zbekiston yomon o‘ynamagandi. Biz ham birinchi marta (Renarning Saudiya Arabistoni bosh murabbiyligidagi ilk o‘yini) Falastinga qarshi safarda o‘ynadik va juda ham qiyin durangga erishdik. Ektor Kuperni esa judayam hurmat qilaman.

Ob-havo va muxlislarning Saudiya Arabistoniga ta’siri haqida

— Albatta, ob havo bizga muammo tug‘dirishi mumkin. Yurtingizda +3 daraja iliq ekan, shu bois ham ikki kun oldin O‘zbekistonga yetib keldik. Ammo unutmaslik kerak: 2020-yil iyulda Jidda shahrida javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘shanda havo juda issiq bo‘ladi.

Osiyo va Afrika futboli haqida

— Turli xil qit’alarda to‘p suradigan jamoalarni taqqoslash uchun eng yaxshi yo‘l — Jahon Chempionati. Rossiyada o‘tgan 2018-yilgi mundialda Saudiya Arabistoni Misrni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. O‘shanda Saudiya Arabistoni juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi.

Mavzuga doir: Odil Ahmedov: “Saudiyaga qarshi o‘yin ahamiyatini barcha birdek tushunib turibdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют