» » Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi

Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi


O‘zbekiston terma jamoasi 9-noyabr, shanba kuni Toshkentda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa JCh—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-noyabrdan boshlab yig‘inga kirishdi. Mazkur yig‘in doirasida “oq bo‘rilar” bugun “Paxtakor” stadionida Qirg‘iziston termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Soat 17:00 da boshlanadigan uchrashuvni Bastian Dankert boshchiligidagi germaniyalik hakamlar boshqarib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

9-noyabr, 17:00

“Paxtakor” stadioni

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya)

Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya)

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют