» » Vadim Abramov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan: “O‘z kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz”

Vadim Abramov Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan: “O‘z kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 14-noyabr, payshanba kuni JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

O‘yindan oldin O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

O‘yin haqida

— Juda ham muhim o‘yin. Guruh peshqadamligi uchun kurash ikkala jamoa o‘rtasida kechadi deb o‘ylayman. Hozirda biz birinchi o‘rindamiz va buni saqlab qolishimiz lozim. Saudiya — juda jiddiy raqib. Ularga qarshi yaxshi tayyorgalik olib bora oldik degan fikrdaman. O‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Omad ham bizda tomonda bo‘lishi va g‘alaba qozonishga umid qilaman.

Lutfulla To‘rayevning holati haqida

— Qirg‘izlarga qarshi o‘yinda u zaxiradan maydonga tushdi va yaxshi harakat qildi. Hech narsani buzib qo‘ygani yo‘q. Uning jamoada bo‘lishi foydaliroq deb o‘ylayman. To‘rayev tajribali futbolchi, shu boisdan ham u boshqa yosh o‘yinchilarga namuna bo‘la oladi.

Erve Renarning Saudiya Arabistoni termasiga o‘z uslubini singdira olgani yoki akinchaligi haqida

— Bu savolni mehmonlarning jurnalistlariga bergan ma’qul. U tajribali murabbiy. Afrika termalarida ham yaxshi ishlagan.

Himoya chizig‘i haqida

— O‘z kamchiliklarimizni bilamiz. Hozir ular haqida gapirmoqchi emasmiz. Ertangi bahsdan so‘ng ular yana ko‘rinadi. Shundan so‘ng ular ustida yana ish olib boramiz.

Sardor Rashidov haqida

— Albatta, Rashidovni kuzatib boryapmiz. To‘g‘ri, u so‘nggi o‘yinda ikkita gol urdi. Ammo endi hamma gol urgan o‘yinchilarni chaqira olmaymiz. Avvalroq Sardorning “Qatar SK” klubida endi faoliyat boshlaganini va u klubga yaxshi o‘rnashib olishi kerakligi haqida aytgandim. Hozir ham shuni qaytaraman. Uning uchun xursandmiz. Oldindagi ikkita o‘yindan so‘ng katta tanaffus vujudga keladi. O‘sha vaqtda uni ham chaqirishimiz mumkin. Hozir esa chaqirib, zaxirada qoldirishdan foyda yo‘q deb hisoblayman. Bundan tashqari uning o‘rnida harakat qiladigan futbolchi ham kuchsiz emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют