» » Odil Ahmedov: “Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q”

Odil Ahmedov: “Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q”


?O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushadi. To‘qnashuvdan oldin O‘zbekiston termasi sardori Odil Ahmedov ham fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a’lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q. Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q”—dedi Odil Ahmedov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют