» » Oqqonga chalingan 5 yoshli Shohjahon yaxshi insonlarining ko‘magiga muhtoj

Oqqonga chalingan 5 yoshli Shohjahon yaxshi insonlarining ko‘magiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qarahtoy qishlog‘ida yashovchi Gulasal Tursunboyeva  5 yoshli o‘g‘li Shohjahonning dardiga shifo istab, yordam so‘rab murojaat qildi.

Shohjahon Anarmatov 2014-yilda tug‘ilgan. Bir necha oydan beri oqqon kasalligi bilan og‘rib kelmoqda.

“Yozda farzandim Shohjahonni qon topshirish uchun Gematologiya institutiga olib kelganimda analiz javoblari dahshatli chiqdi. Unga oqqon tashxisi qo‘yildi. Shu ondayoq bizni shifoxonaning 2-bolalar bo‘limiga joylashtirishdi. Hamda bolajonimni  6 kursdan iborat kimyo terapiya qilinishini va har-bir kursga 10-15 millionlab mablag‘ kerakligini tushuntirishdi. Shundan beri muolajalarni olib kelyapmiz. Hozir 4-kursga yetib keldik.

Oilada faqat xo‘jayinim ishlaydi xolos. Uning topgan tutganlari ro‘zg‘ordan ortib, dori-darmonlarga yetmay qolgan. Uydagi sotiladigan barcha narsalarimizni sotib bo‘ldik. Hozir juda ham moddiy yordamga muxtojmiz.

Oldinda esa yana ikki kurs bor. Yaxshilarning yordamiga juda juda muhtojmiz” , — deydi biz bilan suhbatda Shohjahonning onasi Gulasal opa.

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan endigina 5 yoshga kirgan bolakay Shohjahon Anarmatovga yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Xayriya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali

Gulasal Tursunboyeva nomiga ochilgan

Ipoteka bank: 8600 3329 1489 1167

Murojaat qilmoqchi bo‘lganlar uchun telefon raqami:

(99) 828-27 -88

(99) 721-03-15



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют