» » Oqqonga chalingan 14 yoshli Adiba Sobirjonovani qo‘llab-quvvatlaylik!

Oqqonga chalingan 14 yoshli Adiba Sobirjonovani qo‘llab-quvvatlaylik!


“Daryo” tahririyatiga Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi Habiba Mirzayeva murojaat qildi.

Habiba Mirzayevaning 2004-yil 12-avgustida tavallud topgan farzandi Adiba Sobirjonovaga oqqon tashxisi qo‘yilgan. Kasallik alomatlari 2018-yil may oylarida yuzaga chiqa boshlagan.

Dastavval turli shifoxonalarda bir necha marta tekshiruvlardan o‘tgan, ammo unga aniq tashxis qo‘yish imkoni bo‘lmagan.

2019 yil 11 yanvarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markaziga navbatdagi tashrifida Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markaziga yuborishgan. U yerda unga “o‘tkir limfoblastli leykoz” (oqqon kasalligining 1-faol davri) tashxisi qo‘yilgan.

Shundan so‘ng, u dastlab bolalar bo‘limida 44 kun davolangan bo‘lsa, 10 kunlik tanaffusdan so‘ng, 32 kun tibbiy muolaja olgan. 2019-yil yanvar oyidan e’tiboran Adiba poytaxtdagi Gematologiya markazida davolanib kelmoqda.

Onasining aytishicha, dastlabki birinchi davolanish kurslari uchun 30 million so‘m atrofida mablag‘ sarflangan bo‘lsa, keyingi 2 kursida dori-darmonga 54 million so‘mdan ortiq xarajat qilingan. Buning uchun tanishlari va yaqinlaridan qarz olishga majbur bo‘lgan.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Ko‘p bora kimyo terapiyasini oldi. Ikkinchi kurs tugadi. Uchinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti. Ko‘p bora qon quyishdi. Yana asosiy kursdan ikkita kursi bor. Ikkita kursdan keyin qo‘llab-quvvatlov kurslari boshlanadi. Davolanish muddati 2 yilni tashkil qilar ekan.

Bundan tashqari, qizim Adibaning boshqa davolanish kurslari uchun yana mablag‘ talab etiladi. Hozirgacha ko‘p narsamizni sotib keldik. Katta miqdorda qarzga botdik. Qarindoshlarimizdan, qo‘shnilarimizdan 30 million so‘mdan ortiq qarzimiz mavjud.

Farzandim Adiba orada kuchli shamollab qolib, kuniga ancha mablag‘ sarflanyapti. Dorilari juda qimmat. Navbatda turgan kimyo terapiya kurslari muolajalari, dorilari uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Davolanish kurslarini davom ettirish hamda dori-darmonga imkoniyatimiz yetmay ancha qiynalib qoldik. Saxovatpesha saxiy insonlardan xolis moddiy yordam berishlarini o‘tinib iltimos kilib kolaman”,— deydi Adibaning onasi.

Adibaning oilasi uning dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Har oy ijaraga va Adibaning davolanishi uchun moddiy tomondan mablag‘ yetishmay qolyapti.

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan Adibaning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) 

Onasi Habiba Mirzayeva nomiga ochilgan

O‘zbekiston Milliy banki:

8600 0204 8076 0375

Milliy bankning Shayxontohur filialida onasi Mirzayeva Habiba To‘rayevna nomiga ochilgan rekzivitlari:

MFO: 00878 INN: 202436329

Korxona va tashkilotlardan kelib tushadigan mablag‘lar tranziti: 

23120000 400000 878001

Xorijiy davlatlardan mablag‘ yuborib yordam bermoqchi bo‘lganlar onasini pasport ma’lumotlari: 

Habiba Mirzayeva To‘rayevna 

Pasport raqami: AA 1529727

Bemor Adibaning onasi Habiba opaning telefon raqami:

+998914705363

Telegram: +998914534797



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют