» » Oqqonga chalinib kasalligi qaytalangan Abdulloh yaxshilar ko‘magi bilan tuzalib ketishi mumkin

Oqqonga chalinib kasalligi qaytalangan Abdulloh yaxshilar ko‘magi bilan tuzalib ketishi mumkin


2014-yil 14-avustda Toshkent shahri Chilonzor tumanida tavallud topgan Abdulloh Abdurasulovga 2016-yil 4-yanvarda o‘tkir limfoblastik leykoz (oqqon T-varianti) tashxisi qo‘yilgan. Unga 2018-yil 12-aprelda kasallik qaytalanganligi sabab poytaxtdagi Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida nevroleykoz tashxisi qo‘yilgan.

“Farzandim Abdullohni 2015-yilning kunlarida birida tanasiga birdan turli toshmalar toshib, tana harorati 40 ga chiqib ketib, ahvoli yomonlashib qoldi.

Zudlik bilan Toshkent shaxridagi xususiy klinikalarga olib bordik va shu joyda tahlil topshirdi. Shifokorlar aniq tashxis qo‘yolmagani va noto‘g‘ri qilingan muolajalar sabab farzandimni sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi.

Keyin boshqa shifokorlarga ham murojaat qildik. Tahlil topshirdi. U yerlarda ham aniq tashxis qo‘ya olishmadi.

Shundan so‘ng farzandimni Toshkentdagi Gematologiya markaziga olib keldik. 2016-yil yanvar oyining boshlarida Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasiga keldik. Mutaxasislar farzandimda chuqur tekshiruvlardan o‘tkazishdi. Tahlil xulosalariga asosan mutaxasislar farzandimga 2016-yil 4-yanvarda o‘tkir limfoblastik leykoz (oqqon ) tashxisini qo‘yishdi.

Onkogemotologiya va qon kuyish ilmiy tekshirish institutining 1- bolalar bo‘limiga 2016-yilning 5-yanvarida yotqizildi.

Ikki yildan ortiqroq vakt davomida yani 2018-yil mart oyida asosiy kuchli kimyoterapiya muolajalarini olib tugatgandi. 2018-yil 18-mart kuni o‘g‘lim onasi bilan Buxoroga uyga bobo-buvilarini ko‘rishga borishgandi. U yerda kuchli shamollab qolganligi natijasida ahvoli og‘irlashib qoldi.

Yana Toshkentga Gematologiya markaziga olib kelishga majbur bo‘ldik. Mutaxasislar tomonidan farzandimdan qayta tahlil olindi. Lekin Yaratganning sinovi ekan. 2018-yil 12-aprelda farzandimning kasalligi qaytalanib qoldi. Shu kuni shu markazda farzandimga o‘tkir nevro leykoz ( qaytalangan og‘ir turi) tashxisi qo‘yildi.

Kasallik qaytalanganligi sabab 2019-yil 14-yanvardan buyon farzandimda kuchli kimyoterapiya kurslari boshlangan. Shu kungacha kimyo terapiya kurslarini qarindosh tanishlardan to‘lash sharti bilan olingan mablag‘lar sabab uzluksiz olib keldi. Navbatdagi kurslarni davom ettirishga, dorilarni juda qimmatligi va qarzdorligimiz miqdori kattaligi sabab moddiy tomondan juda qiynalib qolib, imkoniyatimiz yetmay qoldi.

Tuzalib ketishiga umidimiz katta.

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan farzandimni kurslarini davom ettirishida, dorilarini olib berishda imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”, – deydi bemor Abdullohning otasi Alisher Ahmedov.

Hozirda oila Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi. Oila boshligi Alisher aka o‘g‘lining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘lashga majbur. Ijara to‘lovini to‘lashga imkoniyatlari ham yetmay qolgan.

Oila bor pulini sarflab bo‘ldi. Farzandi tuzalishi uchun hamma narsaga tayyor oila yaxshilarning ko‘magiga muhtoj.

Abdullohdan xolis moddiy yordamimizni ayamaylik!

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Otasi Ahmedov Alisher nomiga ochilgan

Xalq banki: 8600 0604 1032 7796

Xalq banki Toshkent viloyati filiali Amaliyot bo‘limida Ahmedov Alisher nomiga ochilgan rekzivitlari:

Indeks: 100096

Bank manzili: Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 46-uy.

INN: 205888230

MFO: 00883

Hisob raqam:

23120000 200000 883100

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari:

Ahmedov Alisher Abdurasulovich

AA 4701738

Otasi Alisher Ahmedovning telefon raqami:

+998903478082



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют