» » Xayriya aksiyasi. Abduhamid Safarovning leykozni yengishi uchun mablag‘ zarur

Xayriya aksiyasi. Abduhamid Safarovning leykozni yengishi uchun mablag‘ zarur


30 yoshli Abduhamid Safarov Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashaydi. Unga to‘qqiz oy avval o‘tkir limfoblastik leykoz tashxisi qo‘yilgan.

Abduhamid gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti kattalar bo‘limida bir necha oy davolangan, biroq ahvoli yaxshilanmagan. Hozirda bemor kimyoviy terapiya muolajalarini davom ettirishi uchun moddiy yordamga muhtoj.

“Abduhamid o‘tgan yili Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasida kimyoterapiya kurslarini ola boshladi. Hammasi bo‘lib 8 ta kimyoterapiya kurslarini olishi kerak. Hozir 7-kursni boshladi. Bir kurs davolanishiga o‘rtacha 15 million so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilyapti. Boshida 30 milliongacha mablag‘ sarflangan.

Oilaviy sharoitimiz juda ham og‘ir. Otasi yaqinda nafaqaga chiqishi kerak. Hozirda ishini tashlab, o‘g‘limga qarayapti. O‘zim nafaqadaman, yuz ming so‘m nafaqa olaman. Navbatdagi kurs muolajalarini davom ettirishga imkoniyatimiz yo‘q. Dorilari juda qimmat. Dorixonalardan dorilar ham qarzga olinyapti”, — deydi Abduhamidning onasi.

Ona so‘zlarini davom ettirar ekan, hozirda farzandining ahvoli yomonlashgani uchun, gematologiyaning reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilganini aytib o‘tdi.

Abduhamidning oilasi uning navbatdagi kimyoterapiya kurslariga va dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan.

Abduhamidga imkon qadar yordam beraylik! Zero, yaxshilik yerda qolmas, deyishadi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun: 

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Xalqbank: 8600-0609-9407-8187 (Kartochka Abduhamidning otasi Abduqosim Safarov nomiga ochilgan)

Rossiyadagilar uchun QiWi koshelek visa plastik kartochkasini hisob raqami: 4890-4944-8558-6838 Hisob raqam egasi Abdulloh Mardonovning  telefon raqami: +79960348302,

Telegram: +79006824137 (kunduz kunlari ish bilan bo‘lib, telefonga o‘z vaqtida javob berolmasligi mumkin).

Otasi Abduqosim Safarovning telefon raqami: +99894 206 6860



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют