» » “Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin”. Oqqonga chalingan Gulsanam yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin”. Oqqonga chalingan Gulsanam yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


Gulsanam Mirzoqulova Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Hozir 10 yoshda.  2018-yil qizaloqqa oqqon tashxisi qo‘yilgan.

Hozir Gulsanam 3-sinfni tugatgan. U kasallikka chalinganidan beri maktabga bormaydi, o‘z uyida yakka tartibda ta’lim olmoqda. Uning 7 yoshdan oshgan singlisi ham bor.

“1 yildan buyon qizalog‘imning yosh joni oqqon xastaligi bilan kurashib kelyapti. Tuzalib ketishi uchun qo‘limizdan kelgan bor ishni qildik. Leykoz juda yomon kasallik ekan. Davolatishga juda ko‘p pul ketar ekan. O‘zimizni yig‘ib terganlarimiz yetmay tanishlardan ham qarz oldik. Hozir qarindosh-urug‘ va tanishlardan 25 million so‘m qarz bo‘lib qolganmiz. Og‘ir kuningda madad bo‘lishni o‘rniga hamma tashlab ketarkan...

Qizimning kasalligi og‘irligi, ko‘p mablag‘ talab qilgani uchun o‘gay otasi bizni uydan haydab yubordi. Hozir qizlik uyimda yashayapman. Endi menga hammasi baribir. Qizim tuzalib ketsa bo‘ldi.

Xudoga shukr, davolanishlar besamar ketmay qizimni ahvolida o‘zgarishlar bor. Tuzalishiga umidim katta. Faqat yana oldimizda jiddiy kimyoterapiya davolanish kursi kutib turibdi. Yaxshi insonlarning ko‘magiga juda-juda muhtojman”,— deydi onasi biz bilan suhbatda.

Davolanishlar natijasida Gulsanamning sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgamoqda. Gulsanamning batamom sog‘ayib ketishi uchun jiddiy kimyoterapiya kurslarini davom ettirishi lozim. Buning uchun esa katta mablag‘ kerak. Onasining bor umidi yaxshi saxovatpesha insonlardan.

Biz  barcha hamyurtlarimizdan 10 yoshli Gulsanamga xolis moddiy yordam qo‘lini cho‘zishlarini, uning davolanishiga, sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shishlarini so‘raymiz.

Gulsanam Mirzoqulovaga xayriya yordami ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

8600 0424 4602 7590  (Agrobank)

Onasi Nurmurodova Xurshida nomiga ochilgan.

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Nurmurodova  Xurshida Sattorovna

Pasport raqami: AA 3962762

Telefon raqami:

+998912509026



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют