» » Samarqandda rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirgan 30 yoshli erkak 19 yilga qamaldi

Samarqandda rashk tufayli xotinini pichoqlab o‘ldirgan 30 yoshli erkak 19 yilga qamaldi


Samarqandda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanib, yetkazilgan zarar qoplanganligi sabab axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs rashk oqibatida o‘ta shafqatsizlik va bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirgani uchun 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 7-avgust kuni D.D. ismli shaxs soat taxminan 14:30 atrofida Samarqand viloyatining “Dehqon bozor”laridan birida turmush o‘rtog‘i B.B.ni uchratib, bezorilik oqibatida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan holda uni qasddan o‘ldirishni maqsad qilgan. U savdo rastasiga sotish uchun qo‘yilgan oshxona pichog‘i bilan qurollanib, ayolning chap ko‘krak qafasi orqa sohasiga ikki marotaba zarb bilan urgan.

Mavzuga doir: Samarqandda 45 yoshli ayol janjal tufayli turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Ayol undan qutulish maqsadida “Dehqon bozor” hududidagi dorixonaga qochib borgan. Ammo D.D. jinoiy maqsadini oxiriga yetkazish maqsadida uni orqasidan ta’qib qilib borib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i yordamida o‘ta shafqatsizlik bilan unga 9 marotaba zarba bergan. Natijada olgan tan jarohatlari sabab B.B. voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudlanuvchi D.D.ni Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j, l” bandlarida nazarda tutilgan (Bezorilik oqibatida o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 18 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Mavzuga doir: Samarqandda homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er o‘z joniga qasd qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi To‘lqin Qodirovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi D.D.ga Jinoyat Kodeksining 60, 61-moddalariga asosan tayinlangan jazoga 2019-yil 10-maydagi hukm bilan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talmagan qismini qisman qo‘shishlik yo‘li bilan uzil-kesil 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют