» » Qonunchilik palatasida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun muhokama qilinmoqda

Qonunchilik palatasida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun muhokama qilinmoqda


Joriy yilda birinchi marta O‘zbekistonning davlat budjeti qonun sifatida qabul qilinmoqda. Ayni kunlarda “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi qo‘mitalarda muhokama etilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari ishchi guruhi tomonidan ushbu qonun loyihasi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilda budjet mablag‘lari nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti ajratmalarini tasdiqlash, budjet jarayoni va budjet darajalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti hamda ularni tayyorlash uchun asos bo‘lgan makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari to‘g‘risida ma’lumotlarni berishdan iborat.

Yuqorida qayd etilgan qarorda budjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida budjet mablag‘larining shakllanishi hamda sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan. Ushbu tizimga ko‘ra, 2020-yildan boshlab davlat budjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda markazlashgan budjet siyosatidan voz kechish rejalashtirilmoqda

Parlamentga taqdim etiladigan budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va budjetnomada aholi hamda tashqi hamkorlarga mamlakat budjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.

Deputatlar ta’kidlaganidek, endilikda respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Bu mazkur vazirlik va idoralarning mustaqilligini oshirish bilan birga, ularning xarajatlari samarasi uchun mas’uliyatini ham kuchaytiradi.

Mavzuga doir: Mahalliy hokimliklarning o‘z budjetini qabul qilish tartibi o‘rnatiladi

Muhokama etilgan masala yuzasidan qo‘mitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют