» » Erve Renar O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabdan so‘ng: “Biz uch oydan beri tinmasdan ishlayapmiz”

Erve Renar O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabdan so‘ng: “Biz uch oydan beri tinmasdan ishlayapmiz”


Futbol bo‘yicha JCh—2022 sarlashi ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistoni termasiga qarshi bahs olib borib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Evre Renar matbuot anjumanida qatnashdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

O‘yin haqida

— Kecha o‘yin qiyin bo‘ladi deb aytgandim. Bugun xuddi shunday o‘yin bo‘ldi. Oldindan buni bilgandim. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ikkinchi bo‘limda darvozamizga belgilangan penalti bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ammo xursand bo‘lganim o‘yinchilarmiz shunday qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, raqib ustozini tabriklamoqchiman — ajoyib jamoa, ajoyib o‘yin. Biz esa qisqa muddat ichida xarakteriga ega jamoani shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik.

Saudiya besh daqiqa ichida ikkita gol urgani va g‘alabani ilib ketgani omadga bog‘liqligi haqida

— Ikkinchi va uchinchi golga e’tibor berilsa, ularni individual mahorat evaziga kiritganimiz ko‘rinadi. Biz bu g‘alabani futbolchilarning iqtidori evaziga qo‘lga kiritdik deb hisoblayman.

Saudiya Arabistoni chempionatida legionerlar limitining oltitadan to‘rttaga tushirilishini istayotgani haqida

— Ushbu qoida Saudiya Ligasida bor. Ammo mahalliy iqtidorlar ham yetarli. Mana “Al-Hilol” ham Osiyo Chempionlar Ligasi finalida yaxshi o‘ynadi. Biroq legionerlar limitini o‘zgartirish mening ishim emas. Bu bilan federatsiya, liga vakillari, mas’ul shaxslar shug‘ullanadi. Bor e’tiborim ayni damda saralash o‘yinlariga qaratilgan. Asosiy ishim — mamlakat bosh jamoasini boshqarish. Hozir esa birinchi o‘rindamiz, buni saqlab qolishga harakat qilamiz.

Saudiya Arabistoni futbolchilari to‘rt kun ichida yig‘ilib, g‘alaba qozongani va buning uchun murabbiy nima qilgani haqida

— Ha, to‘g‘ri to‘rt kunda yig‘ildik, biroq biz uch oydan beri tinmasdan ishlayapmiz. Bu esa yetarli vaqt deyishimiz. Asosiy vazifamiz — keyingi bosqichga chiqish. Keyingisi esa, albatta, Jahon Chempionatiga chiqish. Futbolchilarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, masalan, 20 yoshli hujumchimiz Firas al-Buraykan muxlislarga ko‘pligiga qaramay juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. O‘yinchilarimizning hammasi juda ham iqtidorli. Ishtiyoq tufayli kuchli terma jamoa ustidan g‘alaba qozondik.

Mavzuga doir: Vadim Abramov Saudiyaga qarshi bahsdan so‘ng: “Hali imkoniyat bor”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют