» » Toshkentda yo‘l yopilishi sababli qator avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtinchalik o‘zgaradi

Toshkentda yo‘l yopilishi sababli qator avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtinchalik o‘zgaradi


Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha bunga Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 15-noyabridan 22-noyabr kunigacha yopilishi sabab bo‘lgan. Yo‘lning ushbu qismi Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilishi munosabati bilan bilan yopilishi xabar berilgan edi.

Shu sababli “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtokorxonalarga biriktirilgan 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют