» » Samarqandda hujjatsiz tadbirkorlik qilgan fuqaroning 178 million so‘mlik 1083 qop uni olib qo‘yildi

Samarqandda hujjatsiz tadbirkorlik qilgan fuqaroning 178 million so‘mlik 1083 qop uni olib qo‘yildi


Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida hujjatsiz ish yuritayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi B.N hujjatsiz ravishda un savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida qilmishi fosh bo‘lgan fuqarodan qiymati 178 million 886 ming so‘mlik 13 turdagi 1083 qop un daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan

Ishtixon tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqarolar J.N. va M.K. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan poyabzal savdosi bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘lgan. Natijada J.N.dan 2 million 870 ming so‘mlik va M.K.dan 4 million 60 ming so‘mlik erkaklar poyabzallari daliliy ashyo sifatida olingan.

Fuqaro L.Q. esa Ishtixon ko‘chasida joylashgan binoda ayollar liboslarini tikish bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Nazorat tadbiri mobaynida uning umumiy qiymati 9 million 900 ming so‘mlik 3 dona tikuv mashinasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Mavzuga doir: Bulung‘urda 1,3 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qasddan to‘lamaslik holati aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют