» » Fotogalereya: Kinoda 25 yil tinimsiz suratga tushgan Juhi Chavla — kech va bugun

Fotogalereya: Kinoda 25 yil tinimsiz suratga tushgan Juhi Chavla — kech va bugun


Yigirma besh yildan buyon kinoda tinimsiz suratga tushgan aktrisa, model va prodyuser Juhi Chavla kinodagi rollari bilan birinchi navbatda hind tomoshabinlarini, keyin esa butun dunyoni egalladi.

Aktrisa Juhi Chavla Ludhiyan (Panjob shtati, Hindiston) 13-noyabr 1967-yilda tug‘ilgan. Qizning oilasi san’atdan yiroq odamlar bo‘lib, ota-onasi davlat xizmatchilari edi.

Erta bolalikdan boshlab, Juhi aktrisa bo‘lishni orzu qilardi, lekin ustidan kulishlaridan qo‘rqib, hech kimga bu haqda aytmagan.

Juhi Chavla uchun har bir rol — bu mahorat. Aktrisa, ayniqsa, har bir qahramonni jonli va tabiiy o‘ynashga harakat qiladi, o‘ynagan rollarining hech qaysisi bir-biriga o‘xshamaydi. U yosh quvnoq raqqosa, baxtsiz kelin, yovuz o‘gay ona, ayyor o‘g‘ri kabi rollarni qoyilmaqom ijro etgan.

Ayniqsa, siz bilgan “Qo‘rquv” (“Darr”) filmidagi rolini maromiga yetkazgan.

Aktrisa uzoq vaqt davomida shaxsiy hayotini yashirib kelgan. Muxlislar aktrisaning shaxsiy hayotini muhokama qildi, ammo Juhi Chavlaning o‘zi haqida hech narsa bilishmadi. 1990-yilning oxirida muxlislar to‘satdan yulduzning tadbirkor Jaim Mehta bilan turmush qurganligini bilib oldi.

Hozirda aktrisa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari bolalar tarbiyasi bilan mashg‘ul, eriga biznesni yuritishga yordam beradi.

Shuningdek Juhi Chawla nomi ostidagi ayollar uchun taqinchoqlar dizayni bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy zargarlik do‘koni ham mavjud. Ushbu zargarlik mahsulotlarini u onlayn do‘konda o‘zi taqib namoyish qilib boradi.

Hozirda ikki — o‘g‘il va qiz farzandning mehribon onasi. Bolalari Jahnavi 17 yoshda va Arjun esa 14 yoshda. Ular aktyorlik va san’at sohasidan uzoqda.

Juhi Chavlaning Twitter’dagi izohiga ko‘ra u psixologik filmda bosh rol ijro qilishni orzu qilagan. Va rejissorlardan shu janrdagi ssenariyni kutmoqda.

Juhi Chavla 2014-yilda “Gulab Gang” (Think pink) filmida salbiy rolni maromiga yetkazib o‘ynagandi. Filmdagi partnyori, bosh rolni esa uninig oilaviy qarindoshi Madhuri Diksit ijro qilgan.

“Ushbu film orqali u har qanday rolni maromiga yetkazishini isbotladi”, — deydi uning muxlislari Twitter’da izoh qoldirar ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют