» » Jaloliddin Masharipov: “Saudiya bilan o‘yindan so‘ng muxlislar oldida sal uyatli bo‘lib qoldik”

Jaloliddin Masharipov: “Saudiya bilan o‘yindan so‘ng muxlislar oldida sal uyatli bo‘lib qoldik”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 19-noyabr, seshanba kuni JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov fikrlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Mavzuga doir: Vadim Abramov: “Vazifa o‘zgargani yo‘q”

“Eng muhim o‘yinlarimizdan biri deb o‘ylayman. Boisi birinchi bellashuvda aynan Falastinga yutqazib qo‘ydik. Yigitlar ham buni yaxshi tushunib turibdi. Saudiya bilan o‘yindan so‘ng muxlislar oldida sal uyatli bo‘lib qoldik. Shuning uchun muxlislarga xursandchilikni qaytarish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Terma jamoada ham “Paxtakor”dagi kabi yetakchi bo‘lishga harakat qilaman”, — deydi Jaloliddin Masharipov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Falastin uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют