» » O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishga uchradi

O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishga uchradi


Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 musobaqasi saralashi 6-turi doirasida Falastinga qarshi 19-noyabr, seshanba kuni maydonga tushadi.

Mavzuga doir: Vadim Abramov: “Vazifa o‘zgargani yo‘q”

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, ushbu uchrashuvni “Paxtakor” vakili Yegor Krimets o‘tkazib yuboradi. Vadim Abramovning so‘zlariga ko‘ra, himoyachi shamollagan va uning issig‘i chiqqan. Murabbiy Krimetsni Falastinning bo‘ydor hujumchisi qarshi qo‘ymoqchi bo‘lganligini va bu imkoniyatdan mahrum bo‘lganligini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish lozim, Yegor Saudiya Arabistoniga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi. Himoyada uning o‘rnida terma jamoa sardori Odil Ahmedov hamda “Gvangju” klubida to‘p suruvchi Rustam Ashurmatov juftligi harakatlangandi.

Mavzuga doir: Jaloliddin Masharipov: “Saudiya bilan o‘yindan so‘ng muxlislar oldida sal uyatli bo‘lib qoldik”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют