» » Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilotlar bino-inshootlarini qurish va ta’mirlash bilan maxsus injiniring kompaniyasi shug‘ullanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilotlar bino-inshootlarini qurish va ta’mirlash bilan maxsus injiniring kompaniyasi shug‘ullanadi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, Injiniring kompaniyasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda sport jihozlari va inventarlari bilan ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.

Qarorga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport obyektlarini jihozlash bo‘yicha manzilli dasturi loyihasini har yili 1-dekabrga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantiradi va tasdiqlash uchun hukumatga kiritadi.

Ma’lumot uchun, Injiniring kompaniyasi Prezidentning 2019-yil 26-avgustdagi farmoniga asosan tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют