» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 22-noyabr kuni elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 22-noyabr kuni elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi


Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu hududlar ro‘yxati quyidagicha:

Farg‘ona viloyati. Oltiariq tumanining 75-transformator punktiga qarashli “Shalola” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi yangi tarmoqqa ulanishi sababli ushbu MFYda;

Toshloq tumanidagi 764-sonli transformatorga tegishli eski havo uzatmasi yangi tortiladigan havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli “Qanjirg‘a” MFYda;

Uchko‘prik tumanining 275-transformator punktining 10 KVli eski havo uzatmasi yangi havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli “Yulg‘unzor” MFYda;

Bag‘dod tumanining “Hamzaobod” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Hamza fideri 382-transformator punkti eski havo uzatmasidan yangi havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “Oydinbuloq” MFYlarida elektr energiyasida ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Namangan viloyati Namangan shahridagi “Olmazor” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Yangitong”, “Davlatobod” va “Porloq” MFYlarida;

Mingbuloq tumanidagi “Gulbog‘” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Mingbuloq tumanining “Alami” va “Beshserka”, “Qo‘g‘ali” va “Qizilqum” MFYlar hamda Pop tumanining “Yuksalish” va “Yakkatut” MFYlarida;

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtosh” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tumanning “Oqtosh”, “Yuqori Mo‘g‘iltoy”, “Buramatut”, “Kalvak”, “Mozorko‘xna”, “Beruniy”, “O‘zbekiston”, “Saroy”, “Bozorboshi”, “Yermasjid” va “Qatag‘on” MFYlarida;

Kosonsoy tumanidagi “Koson” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Kosonsoy tumanining “Gulobod”, “Tagijar”, “Hurriyat-1,2” va “Bomraxa” MFYlarida;

Uychi tumanidagi “Qizilrovot” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tumanning “Ziyokor”, “Do‘stlik” va “Yangiyer” MFYlarida;

Norin tumanidagi “To‘da” havo elektr uzatish tarmog‘ida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Norin tumanining “Norinkapa”, “Soybo‘yi”, “Xo‘jaqo‘rg‘on”, “Istiqlol” va “Yangi Farg‘ona” MFYlarida;

Chust tumanidagi “Axcha” havo elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Chust tumanining “Zovudqand”, “Birlik” va “Ko‘cha” MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Shermatlar” mahallasi, Shovot tumanining “Madaniyat”, “Arbob”, “Po‘lat”, “Ijtimoyat”, “Qunduz”, “Tuproqqal’a”, “Hunarmand”, “Beshmergan”, “Yangi yo‘l” mahallarida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli ushbu hududlarda soat 9:00dan 18:00gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют