» » G‘ijduvonda qo‘shxotinlikda ayblangan fuqaro bir yilga qamaldi. U birinchi xotinini “o‘g‘il tug‘olmaslikda” ayblab kelgan

G‘ijduvonda qo‘shxotinlikda ayblangan fuqaro bir yilga qamaldi. U birinchi xotinini “o‘g‘il tug‘olmaslikda” ayblab kelgan


G‘ijduvonda X.S. ismli fuqaro qo‘shxotinlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

1966-yili G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko‘p xotinli bo‘lish) bilan ayblangan. Ma’lum qilinishicha, X.S. 2016-yilning noyabr oyidan 2019-yilning iyul oyiga qadar qonuniy nikohdan o‘tgan turmush o‘rtog‘i D.Y. bilan yashab kelgan. Oilada 2 nafar qiz farzandi bo‘lgan. Biroq X.S. nikohida xotini bo‘la turib, undan qonuniy ajrashmagan holda 2016-yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida istiqomat qiluvchi ayol bilan ham shu xonadonda shar’iy nikoh asosida yashab kelgan.

Rasmiy nikohdagi xotini D.Y.ni “sog‘ligi yo‘q, ruhiy xasta” deya o‘g‘il farzand tug‘ib bera olmasligini aytib, doimiy bosim ostida kamsitib kelgan. 2018-yilda esa shar’iy nikohdagi xotini o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Qo‘sh xotinli X.S. sudda aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Suddan qonuniy yengillik so‘rab, yashash hovlisining o‘rtasidan devor tiklagani, uyni ikkiga ajratgani, birinchi xotini va ikki nafar qizi uchun sharoit yaratib berganini ta’kidlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko‘p xotinli bo‘lish) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir: Toshkentda ayol mast holda sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Avvalroq Farg‘onalik erkak norasmiy xotini bilan birga o‘z ayoli va 2 bolasini tiriklayin kanalga tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют