» » Bundesliga. “Bavariya” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Bundesliga. “Bavariya” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 12-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Fortuna Dyusseldorf”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “qizillar” vakillari Benjamen Pavar (11), Koranten Tolisso (27), Serj Gnabri (34) hamda Filippe Koutinyo (70) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda kechgan bahsda “Fortuna” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Fortuna Dyusseldorf” klubi esa 11 ochko jamg‘arib 14-o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

12-tur bahslari

23-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 — 5 Xeler, 1:1 — 36 Diabi

Gollar: 0:1 — 19 Vegorst, 0:2 — 65 Joao Viktor

Gollar: 0:1 — 43 Xarit, 0:2 — 53 Raman, 1:2 — 80 Osako

Gollar: 0:1 — 11 Pavar, 0:2 — 27 Tolisso, 0:3 — 34 Gnabri, 0:4 — 70 Koutinyo

Gollar: 1:0 — 15 Uja, 2:0 — 90 Andersson

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют