» » Eron norozilik namoyishlarni uyushtirgan davlatga “qaqshatqich zarba” bermoqchi

Eron norozilik namoyishlarni uyushtirgan davlatga “qaqshatqich zarba” bermoqchi


Eron vitse-prezidenti Is’hoq Jahongiriy Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarning mamlakatdagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani aniqlansa, ularga “qaqshatqich zarba” berilishini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Agar ularning Erondagi namoyishlarga aloqadorligi aniqlansa, mintaqadagi ayrim davlatlari bizdan yaxshilik kutmasin. Eron bu kabi hazillar va g‘arioddiy harakatlarga indamay ko‘nib ketadigan mamlakat emas”, - deya ta’kidlagan Jahongiriy.

Shuningdek, Eron vitse-prezidenti mamlakat ichki ishlariga aralashgan va unga zarar keltirishni istagan davlatlarga “qaqshatqich zarba” tayyorlab qo‘yilganini bildirdi.

Mavzuga doir:

Eronda aholining norozilik namoyishlari 16-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish haqidagi qarorni imzolagani oqibatida boshlangan. Eron politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ularga nisbatan o‘qotar quroldan foydalangan. Noroziliklar tufayli 16-noyabr kuni Eronda internet o‘chirib qo‘yildi. Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli internetni o‘chirib qo‘yganini keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanligini ma’lum qildi. Eron benzin narxi oshgani tufayli moddiy zarar ko‘rgan aholiga ko‘rilgan zararni qoplash uchun subsidiyalar ajratgan. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy mamlakatda benzin narxining oshishi sabab boshlangan xalq noroziliklarini xorijdagi dushmanlarning fitnasi deb atagan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy esa ushbu norozilik namoyishlari ortida maqsadi mamlakat xavfsizligiga tahdid qilish bo‘lgan AQSh hamda Isroil turganini taxmin qilgan. Keyinchalik Eronning 21 ta shahridagi norozilik namoyishlarida qurbon bo‘lganlarning soni 106 nafarga yetgani, Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qo‘lga tushirgan bezorilar o‘t qo‘yilgan har bir bino uchun 60 AQSh dollari miqdorida mukofotga ega bo‘lganini tan olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют