» » Mosuldan ko‘chishga majbur bo‘lgan odamlar soni 300 mingdan oshib ketdi

Mosuldan ko‘chishga majbur bo‘lgan odamlar soni 300 mingdan oshib ketdi


Iroqning Mosul shahrida IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kechayotgan harbiy operatsiyalar tufayli ko‘chib ketishga majbur bo‘lganlar soni 300 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti 4-aprel, seshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Xalqaro migratsiya tashkilotining kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 17-oktabridan boshlab Mosul hamda unga yaqin hududlarni 304 152 odam tark etgan.

Iroq harbiylari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya Mosulni birgalikda ozod qilish operatsiyasini 2016-yilning oktabrida boshlagan, hozirgacha shaharning sharqiy qismi ozod etilgan.

Fevral oyining o‘rtalarida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharning g‘arbiy qismini ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют