» » Mosulni IShIDdan ozod qilishda to‘rt mingga yaqin odam halok bo‘lgan

Mosulni IShIDdan ozod qilishda to‘rt mingga yaqin odam halok bo‘lgan


Iroqning Mosul shahri g‘arbiy hududlarini IShIDdan ozod qilish operatsiyalarida to‘rt mingga yaqin inson halok bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq, Iroq hukumati fevralning o‘rtalarida, jangovor operatsiyalar boshlanganidan so‘ng g‘arbiy Mosulni 180 mindan ortiq tinch aholi tark etgani haqida xabar bergan edi.

BMTning gumanitar agentliklari yaqin haftalarda yana 300—320 ming kishi shaharni tark etishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Iroq armiyasi vakili, general Sair Al-Musaviyning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha bo‘lgan jangovor harakatlar oqibatida 3 ming 864 inson halok bo‘lgan, o‘n minglab turar joyga zarar yetkazilgan.

Shuningdek, general Iroq xavfsizlik kuchlari shahar g‘arbiy hududining 54 foizini terrorchilardan tozalaganini ma’lum qildi. Iroq armiyasiga havodan nafaqat milliy harbiy-havo kuchlari, balki AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi ko‘mak bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют