» » BMT Mosul g‘arbidan 300 mingdan ziyod aholi qochib chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi

BMT Mosul g‘arbidan 300 mingdan ziyod aholi qochib chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi


BMTning Iroqdagi gumanitar koordinatori Liz Grande g‘arbiy Mosulni IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilish bo‘yicha olib borilayotgan jangovar harakatlar natijasida 300 mingdan ziyod mahalliy aholi shaharning shu qismini tashlab chiqishi mumkinligini ma’lum qildi, deya yozadi “Kommersant.ru”.

“G‘arbiy Mosuldagi gumanitar operatsiya shaharning sharqiy qismida amalga oshirgan xuddi shunday operatsiyamizga nisbatan keng qamrovli va ancha murakkab”, — dedi BMT vakili.

Grande xonim shaharning g‘arbiy qismida muhit boshqacha ekanini aytib, “ayniqsa, zich aholi joylashgan tumanlarning o‘n minglab fuqarolari boshpana topish ilinjida sarson”, deya qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 650 ming atrofida aholi g‘arbiy mavzelar ichida, ularning aksariyati jangovor harakatlar markazi — eski shahar hududida.

Avvalroq, Iroq hukumat qo‘shinlari mamlakatda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan, 2014-yildan beri IShID nazorati ostida bo‘lgan Mosul shahri uchun janglar hal qiluvchi g‘alabaga erishgani ma’lum bo‘lgan edi. Mosulning g‘arbiy qismidagi jangovar harakatlar natijasida Iroq armiyasi Vadi-al-Hajar tumanini egalladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 22:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют