» » Jizzaxda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Jizzaxda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqarolar qo‘lga olindi


Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari hamda tegishli idoralar mutasaddilaridan iborat daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamalash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish bo‘yicha idoralararo guruhlar tashkil etilgan, deb xabar beradi davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Bugungi kunga qadar mazkur guruh tomonidan qator tezkor reydlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari hamda mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan  G‘allaorol tumani “Zargar” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi o‘zanidan fuqaro Sh.Begmanov qum-shag‘al qazib olib, o‘zi boshqaruvidagi “ZIL” rusumli avtotransport vositasiga ortayotgan holatida qo‘lga olingan.

20-noyabr, chorshanba kuni ushbu fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha  82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 barobari, ya’ni 4 million 460 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют