» » Nishonda maxsus ruxsatnomasiz qum va shag‘al qazib olgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi 

Nishonda maxsus ruxsatnomasiz qum va shag‘al qazib olgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi 


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nishon tumani bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Nishon tuman yo‘llardan foydalanish” UK mansabdor shaxslari maxsus ruxsatnomasiz “Nishon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan 24,9 ming metr kub qum aralash shag‘al mahsulotlarini qazib olishib, ushbu hududdagi “N.M.E.” fermer xo‘jaligi va davlat manfaatlariga 369,2 million so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Nishon tuman yo‘llardan foydalanish” UK mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq shunga o‘xshash holat Jizzax viloyatida kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Jizzaxda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqarolar qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют