» » Qashqadaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi


Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog‘ida ov miltig‘i bilan “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan yana bitta qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani, ovchilar jazosiz qolayotgani xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham voqea aks etgan video tarqalib, keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot qo‘mitasining xabar berishicha, ushbu xabar yuzasidan qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, videolavhada ismi sharifi tilga olingan “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Botirov Saydullo bilan suhbat o‘tkazilganda holat 2016-yil may oyida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fermer xo‘jaligida ishchilar chorva mollariga xashak yig‘ayotgan vaqtda noma’lum ayiq kelib qolgan hamda ukasi Tog‘ayev Sirojga hamla qilib, qorin qismidan tishlab 40—50 metrlar chamasida sudrab ketayotganida Tog‘ayev Sardor va Tog‘ayev Islom shoxa hamda ketmon bilan urib o‘ldirgan, so‘ng jarohatlangan Tog‘ayev Siroj kasalxonaga olib ketilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda bir guruh shaxslar Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposladi

Ta’kidlanishicha, ishchilar ayiqni uyiga olib ketib, terisini go‘shtidan ajratib olgan va uni 2 oylardan keyin tuman IIBga olib kelgan.

“Yuqorida bayon etilgan holat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan. Qo‘ng‘ir ayiq noqonuniy tartibda o‘ldirilgan bo‘lsa, aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘riladi va yetkazilgan zarar undirib olinadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlash taqiqlangan va u muhofaza ostiga olingan.

Mavzuga doir: Namanganda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 14-ilovasi “Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblash uchun to‘lovlar” miqdori bo‘yicha yoshi, kattaligi, og‘irligi va jinsidan qat’i nazar har bir hayvon (kallasi, terisi, shoxi va boshqalar) uchun jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan 100 koeffitsiyent miqdorida zarar hisoblanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar “Xalqaro Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposlagan, Namangan viloyati Chust tumanida ham “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют