» » Bosh prokuratura: Qashqadaryoda ayiq qishloq aholisi yordamga chaqirgan ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan

Bosh prokuratura: Qashqadaryoda ayiq qishloq aholisi yordamga chaqirgan ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan


Bosh prokuratura matbuot xizmati Qashqadaryoda qo‘ng‘ir ayiq odamlar tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, 28-may kuni Chiroqchi tumani, Langar MFY Tutli qishlog‘iga Samarqand viloyati bilan chegara hududdan ayiq kirib kelib, tomorqalarni payxon qilgan, uy hayvonlariga zarar yetkazish bilan birga aholi hayotiga xavf tug‘dirgan.

Xususan, fuqaro Husan To‘rayev, Rustam Sulaymonov, Haydar Ochilov va boshqalarning xonadoniga kirgan ayiq agressiv harakatlangan holda tahdid qilib, qo‘rqitgan.

Shu sababli qishloq aholisi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ovchi Qahramon Sulaymonov yordamga chaqirilgan va ayiq IJ-17 rusumli miltiq bilan 16-kalibrli o‘qdan otib o‘ldirilgan.

Hodisa joyiga yetib borgan profilaktika inspektori joyni ko‘zdan kechirib, voqeani protsessual tartibda rasmiylashtirgan va ayiq tuman markaziga olib kelingan.

Mazkur holat tuman IIBning jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobida 28-may kuni ro‘yxatga olinib, ayni vaqtda tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha so‘ralgan X.To‘rayev o‘sha kuni tomorqasida ishlab turganida adirdagi tepalikdan uning xonadoniga ayiq hujum qilib kirib kelgani, shu vaqtda qishloq aholisi tomonidan chaqirilgan ovchi uning xonadonidan 20 metr pastroqda ayiqni otib tashlaganini bayon qilgan.

Ayiq jasadi tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshliqlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, uning holati hamda (quturish) kasalliklarga chalinganligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun veterinariya bo‘limiga topshirilgan.

Ayni vaqtda tuman veterinariya bo‘limi tomonidan ayiq jasadidan olingan namunalar ekspertizadan o‘tkazish maqsadida hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi markaziga yuborilgan.

Mazkur ishga vakolatli idoralardan malakali mutaxassislar jalb etilgan hamda tekshirish harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

“Tekshirishda asosiy e’tibor ayiqning o‘ldirilishi aynan oxirgi zarurat bilan bog‘liqligi, uni o‘ldirmasdan ham xavfning oldini olish imkoni bo‘lgan yoki yo‘qligiga qaratilgan bo‘lib, tegishli shaxslar harakatiga huquqiy baho berish bilan natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют