» » O‘zbekistonda raqobatchini obro‘sizlantirganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda raqobatchini obro‘sizlantirganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin


O‘zbekistonning Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonning 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan Jinoyat kodeksidan 189- va 192-moddalar chiqarib tashlanishi rejalashtirilgan.

189-moddada savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

192-moddada raqobatchini obro‘sizlantirish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Xususan, raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish jinoyatlari keltirilgan.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazolari belilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют