» » Ostonada Ekspo-2017 ochilish kuni ShHT davlatlari rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi

Ostonada Ekspo-2017 ochilish kuni ShHT davlatlari rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi


“Astana EKSPO-2017” MK AJ boshqaruv raisi Axmetjan Yesimov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda ko‘rgazma tashkilotchisi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Tomonlar Ekspo-2017 ga tayyorgarlik jarayoni, shuningdek, Ekspo-2017 ochilish kuni Qozog‘iston poytaxtida o‘z ishini olib boruvchi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitini muhokama qildi.

“ShHTning mazkur sammiti tarixiy bo‘ladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, 9-iyun kuni kechqurun Ostonada boshqa, yanada kuchli tashkilotga ega bo‘lamiz”, — deya ta’kidladi Alimov.

Milliy kompaniya ShHTning ko‘rgazma doirasidagi maxsus kuni 27-avgust sanasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma Ostona shahrida 2017-yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Besh milliondan ortiq tashrif buyuruvchi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют