» » Surxondaryoda YPX inspektoriga pora taklif qilgan qashqadaryolik qo‘lga olindi

Surxondaryoda YPX inspektoriga pora taklif qilgan qashqadaryolik qo‘lga olindi


Surxondaryoda haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

2019-yil 27-noyabr kuni K.T. boshqa shaxsning nomida bo‘lgan UAZ rusumli avtomashinani ishonchnomasiz boshqarib kelganligi uchun YPX inspektori tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ikki kun o‘tgandan so‘ng K.Tning ukasi, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi S.K. avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarish va jarima miqdorini kamaytirib berishni so‘rab, Sherobod tumani IIB YHXB mas’ul xodimiga 200.000 so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtda IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi viloyat bo‘limi va Sherobod tumani prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida ushlangan.

Holat yuzasidan 30-noyabr kuni S.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют