» » Messi va Suares juftligi La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etmoqda

Messi va Suares juftligi La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etmoqda


“Barselona” Ispaniya La Ligasi 15-turida “Atletiko”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

G‘alaba to‘pini uchrashuvning 86-daqiqasida Lionel Messi urdi. Unga Luis Suares samarali uzatma amalga oshirdi.

Bu Suares va Messi ishtirokida urilgan Ispaniya chempionati doirasidagi 56-gol bo‘ldi. Messi 28 marta Suaresning uzatmasidan so‘ng gol urgan bo‘lsa, urugvaylik futbolchi ham 28 bor Messining pasini golga aylantirgan.

Bu La Ligada XXI asrning eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu borada keyingi o‘rinda Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema juftligi turibdi. Ular “Real” safida birgalikda 40 ta gol urgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют