» » O‘zbekistonda OITSga chalinganlar soni 42 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda OITSga chalinganlar soni 42 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-noyabr holatiga OITSga chalingan kishilar soni 42 098 nafarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatda OITSga chalinish bo‘yicha 3 337 ta holat aniqlangan, shu jumladan, erkaklar orasida 1919 ta (57,7 foiz) va ayollar orasida 1418 ta holat (42,5 foiz). O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 69 taga yoki 1,8 foizga pasaygan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, OITSning onadan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘tish holati 2013-yildagi 2,3 foizdan 2018-yilda 0,3 foizga kamaygan.

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining talablariga ko‘ra, har bir ayol homiladorlikning 14-haftasigacha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Organizmida OITS aniqlangan homilador ayollar bola tug‘ilguniga qadar virusga qarshi profilaktik dori vositalarini qabul qiladi. Tug‘ilgan chaqaloq esa bir oy davomida virusga qarshi dori vositalarini qabul qiladi.

Ayni paytda mamlakatda virusning qaytalashiga qarshi 28 ming kishi davolanadi. Bu davolash terapiyasi kasallikning salbiy oqibatlari rivojlanishi va virusning boshqa kishilarga o‘tishining oldini oladi.

OITSga chalingan kishilarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Respublika OITS markazida 60 o‘rinli maxsus shifoxona, Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida esa 30 o‘rinli bo‘lim faoliyat olib boradi. 2013—2018-yillarda mazkur muassasalar tomonidan OITSga chalingan 7500 dan ortiq kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

So‘nggi yillarda virusga qarshi dori vositalarini sotib olish uchun OITS, tuberklyoz va bezgakka qarshi kurash bo‘yicha global jamg‘arma tomonidan ajratilgan 15 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.

1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OITS bo‘yicha dasturi YuNEYDSning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 37 milliondan ortiq kishi OITS bilan yashamoqda.

Hozirda 37,9 million kishidan 79 foizi testdan o‘tgan, 62 foizi davolangan va 53 foizi virusni boshqa kishilarga yuqtirmaydigan darajada davolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют