» » Chet elliklar O‘zbekistonda asosan sanoat va savdoga sarmoya kiritayotgani ma’lum bo‘ldi

Chet elliklar O‘zbekistonda asosan sanoat va savdoga sarmoya kiritayotgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda 2018-yil 1-mart holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 5 711 tani tashkil etdi. Ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 659 taga yoki 13 foizga ko‘paydi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Ushbu korxonalardan 3 186 tasi qo‘shma korxona, 2 525 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Ularni faoliyat turi bo‘yicha ko‘rilganda, eng ko‘pi sanoat va (2 507 ta  yoki 43,9 foiz) va savdoga (1 118 ta yoki 19,6 foiz), eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaga (77 ta yoki 1,3 foiz) to‘g‘ri keldi.

Yanvar—fevral oylarida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 237 ta yangi korxona tashkil etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 142 taga ko‘p yoki 2,5 baravarga oshgan.

Yangi korxonalar ham asosan sanoat (88 ta) va savdo (69 ta) sohasida bo‘lib, eng kami qurilishga (16 ta) to‘g‘ri keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют