» » O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi muhokamasi davom etmoqda

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi muhokamasi davom etmoqda


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangilangan Soliq kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, parlament quyi palatasi huzuridagi Davlat budjeti boshqarmasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shu kunlarda Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi soha mutaxassislari, ilmiy xodimlar, ekspertlar va mamlakat fuqarolari ishtirokida turli tadbirlar shaklida ikkinchi o‘qishda parlamentning quyi palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Soliq kodeksi loyihasiga jamoatchilikning qiziqishi, undagi yangiliklarning ahamiyati va dolzarbligi, soliq organlari va soliq to‘lovchilarning, ya’ni har bir fuqaroning huquqlari belgilanayotgani bilan izohlanadi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, hukumat tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilgan kodeks loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha soliq qonunchiligini qo‘llashni maksimal darajada soddalashtirish, qarama-qarshiliklar va tushunmovchiliklarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, soliq nazorati shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, soliq solish obyektlari va soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va hisobga olishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan vazifalar qatoriga kiradi.

Loyihada Soliq kodeksining amaldagi tuzilmasi saqlanib qolgan bo‘lib, uni umumiy va maxsus qismlarga ajratish ko‘zda tutilgan. Ularda soliq ma’muriyatchiligi hamda soliqlarni hisoblash va to‘lashning asosiy qoidalari kabi masalalar o‘rin olgan. Xususan, nafaqat soliq to‘lovchilarning, balki soliq organlarining javobgarligini oshirgan holda huquqlari va majburiyatlari aniq shakllantirilgan. Nazorat tartiblari soddalashtirilib, soliq tekshiruvlari turlari 13 tadan 3 tagacha qisqartirilmoqda.

Shuningdek, soliqlarni to‘lashni ta’minlashning yangi vositasi ham kiritilmoqda. Soliqlarni to‘lanadigan asosda to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taqdim etish tartibi ham joriy etilmoqda. Soliq imtiyozlarini belgilangan stavkani pasaytirish shaklida, lekin 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan va uch yildan oshmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan qoidalar belgilanmoqda.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasining jamoatchilik muhokamalari butun respublika hududlari bo‘ylab soha mutaxassislari va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют