» » Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar DSB matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram tadbirida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunov soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokiga alohida to‘xtaldi.

Bugungi kunda soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonda soliq xizmati organlariga eng yaqin ko‘makchi bo‘lib, yangi soliq tizimi mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazishda qo‘shayotgan ulkan hissasi va fidokorona mehnatlari uchun barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Tantanali tadbirda soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishdagi faol hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillariga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют