» » O‘zA bosh direktorining maqomi vazirga tenglashtirildi

O‘zA bosh direktorining maqomi vazirga tenglashtirildi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorda O‘zA respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvchi rasmiy axborot agentligi ekanligi qayd etilgan va uning asosiy vazifalari hamda faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Hujjat bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar bo‘yicha xolis fikrni shakllantirish, axborot-tahliliy, jumladan, audio va video axborotlar yetkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zA tarkibida media markaz tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

O‘zA huzurida uning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha Maslahat kengashi tuziladi.

2020-yil 1-mayga qadar muddatda foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zA axborot portali ishga tushiriladi.

O‘zA bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

O‘zA Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют