» » Samoada ommaviy qizamiq epidemiyasi 50 dan ortiq bolani hayotdan olib ketdi

Samoada ommaviy qizamiq epidemiyasi 50 dan ortiq bolani hayotdan olib ketdi


Samoa hukumati ommaviy qizamiq epidemiyasi 50 nafar bolaning umriga zomin bo‘lgani haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Meduza.

Ma’lum bo‘lishicha, epidemiya tarqalishiga bolalarni kasallikka qarshi emlash darajasi past ekanligi sabab bo‘lgan.

Samoa fuqarolari 2018-yilda qizamiqqa qarshi emlangan ikki bola vafot etganidan so‘ng bunday vaksinani farzandlariga qildirishdan bosh tortgan. Ushbu fojiali holat ijtimoiy tarmoqlarda qizamiq vaksinasiga qarshi kampaniya boshlanishiga sabab bo‘lgan edi.

Aslida ikki bola ularga ukol qilgan hamshiralarning xatosi tufayli vafot etgan.

2-dekabr, dushanba kuni Samoa hukumati oktabr oyida mamlakatda boshlangan qizamiq epidemiyasidan yana besh nafar bola vafot etganini e’lon qildi. Kasallikning tarqalishidan vafot etganlarning umumiy soni 53 kishi, xususan ulardan bir nafari katta kishi va ikki nafari o‘smir edi. Vafot etganlarning aksariyati chaqaloqlar va kichik bolalar, shu bilan birga, bir yoshgacha bo‘lgan 23 bola. Yana 19 nafar bolaning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Umumiy hisobda mamlakatda qizamiq epidemiyasi boshlanganidan buyon 1100 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, epidemiya boshlanganidan buyon Samoa hukumati mamlakatda favqulodda holat rejimini e’lon qildi va 200 000 nafar aholining barchasini emlashni boshladi. Hozirda majburiy emlashdan 58 000 kishi o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют