» » Tojikiston o‘z aholisini ta’minlash maqsadida elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilishni butunlay to‘xtatdi

Tojikiston o‘z aholisini ta’minlash maqsadida elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilishni butunlay to‘xtatdi


Tojikiston sovuq ob-havo boshlangani va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”.

Qayd etilishicha, avvalgi erishilgan kelishuvlarga ko‘ra Dushanbe Toshkentga elektr energiyasini faqat apreldan oktabrgacha, Tojikistonning ichki ehtiyojlari to‘liq ta’minlangan vaqtda eksport qiladi.

2019-yilning aprel—sentabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan.

Sentabr oyidan boshlab ichki ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida elektr energiyasini qo‘shni davlatga eksport qilish kamaytirilgan.

Noyabr oyining o‘rtalarida Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni butunlay to‘xtatdi. Endi u kelgusi yilning aprel oyi boshida qayta tiklanadi.

Avvalroq O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib berishi, natijada elektr energiyasidagi uzilishlar soni keskin kamayishi aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют