» » O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining hamkorlikdagi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)

O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining hamkorlikdagi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)


Sharqiy harbiy okrug “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Sharq—2019” O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga xabar berdi.

Hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan rossiyalik harbiy xizmatchilar o‘zbekona mehmondo‘stlik bilan kutib olindi.

Dastlab “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida brifing o‘tkazilib, hamkorlikdagi mashqlarni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar kelishib olindi.

“Sharq—2019” hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ta’kidlanganidek, ushbu mashqlar har ikki tomon uchun ham jangovar salohiyat, professional tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarni oshirish hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda tajriba almashishlarida muhim o‘rin tutadi, deyiladi xabarda.

Bir nechta o‘quv joylarida ishtirokchilar bilan jangovar va maxsus taktik tayyorgarlik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan o‘quv vazifaga ko‘ra, shartli dushman obyektlarini qidirib topish, harakatlanish vaqtida qo‘qqisdan paydo bo‘lgan kichik guruhlarni yakson qilish talab etildi. Bunda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning jipsligini ta’minlash, bir-birini qo‘llagan holda dushman obyektiga talafot yetkazish kabilar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida hamkorlikdagi o‘quv qatnashchilari qurol-aslaha va anjomlari bilan 5 kilometr masofaga marsh yugurish mashqlariga jalb etilib, bunda ularning abjirligi, chidamliligi sinovdan o‘tgan bo‘lsa, tog‘ tayyorgarligida murakkab to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, yaradorlarni evakuatsiya qilish mashqlarini ham katta mahorat bilan bajarishdi.

“Sharq—2019” hamkorlikdagi o‘quvlari davomida tungi sharoitda ham mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Rejaga ko‘ra, chegara hududlarida qo‘poruvchilik harakatlarini rejalashtirgan jangari to‘dani aniqlash va yakson qilish vazifasi yuklatildi.

Shartli dushman ehtimol tutilgan hududda razvedka ishlari o‘tkazilib, olingan ma’lumotlar zudlik bilan yuqori qo‘mondonlikka yetkazildi. Bo‘linma komandiri tomonidan tegishli qaror qabul qilingach, qo‘qqisdan hujum boshlandi. Shartli dushman obyektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olindi. Hamkorlikdagi bo‘linmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar to‘dasi batamom tor-mor qilindi.

Hamkorlikdagi o‘quvlarning tantanali yopilish marosimida mashg‘ulotlar yuksak saviyada o‘tganligi, mashqlar ikki davlat harbiylariga tajriba almashishlari uchun katta imkoniyat yaratgani alohida e’tirof etildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют