» » Buxoroda 15 mln so‘mni o‘g‘irlagan uy xizmatchisi qo‘lga olindi

Buxoroda 15 mln so‘mni o‘g‘irlagan uy xizmatchisi qo‘lga olindi


Buxoroda bir muddat uy xizmatchisi bo‘lib ishlagan fuqaro xonadon egasining temir seyfidan 15 million so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab ketdi va qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro E.U. tuman IIBga noma’lum shaxs tomonidan xonadonidagi temir seyfdan 15 million so‘m naqd pullari o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘irlik bundan bir necha oy ilgari uning xonadonida ma’lum muddat tomorqa ishlarini bajarib kelgan uy xizmatchisi tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Tumandagi “Darg‘ali” mahallasida yashovchi X.J. ushbu xonadonda temir seyf va uning kaliti qayerda turishidan xabardor bo‘lgan. U qo‘lga olingunga qadar o‘g‘irlangan 15 million so‘m pulning yarmidan ortig‘ini sarflashga ulgurgan. Qolgan 7 million so‘m pul X.J.dan ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda olingan.

Holat yuzasidan X.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют