» » Talabalar va o‘quvchilar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi

Talabalar va o‘quvchilar uchun qishki ta’til kunlari belgilandi


Oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019—2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilandi.

2019-yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta’til muddati o‘zgartirildi.

Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 5-dekabridan 22-dekabr kuniga qadar hamda 2020-yilning 1-yanvaridan 6-yanvariga qadar 50% chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvini yo‘lga qo‘yiladi.

Talabalar va o‘quvchilar bugundan imtiyozli yil chiptalarini xarid qilishlari mumkin.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Transport vazirligi tomonidan

Qishki ta’til davomida OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo‘lgan barcha to‘garaklar, sport-sog‘lomlashtirish bo‘limlari, seksiyalari va klublari to‘liq faoliyat ko‘rsatadi.

2020-yil 6-yanvar — dushanba o‘qishning birinchi kuni etib belgilandi.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda 22-dekabrda o‘tkaziladigan saylov munosabati bilan talabalarning qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Talabalar o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun 2019—2020-o‘quv yili qishki ta’til davri 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha etib belgilanishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Oliy ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’tili bo‘yicha ma’lumot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют