» » “Real” Ispaniya chempionatida 1700 ta g‘alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi

“Real” Ispaniya chempionatida 1700 ta g‘alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi


Madridning “Real” klubi futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 16-turida “Espanyol”ni mag‘lub etdi (2:0).

Bu madridliklar jamoasi uchun Ispaniya chempionatidagi 1700-g‘alaba bo‘ldi. “Real” 1700 lik dovonni zabt etgan ilk ispan klubiga aylandi.

Bu borada keyingi o‘rinlarda “Barselona” (1645 g‘alaba), “Atletiko” (1292), “Atletik” (1239) va “Valensiya” (1230) jamoalari bormoqda.

“Real” Ispaniya oliy divizionidagi ilk g‘alabasiga 1929-yil — “Yevropa”ga qarshi o‘yinda (5:0) qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют