» » Osiyo Chempionlar Ligasiga qur’a tashlandi. “Paxtakor” guruhdagi raqiblarini bilib oldi

Osiyo Chempionlar Ligasiga qur’a tashlandi. “Paxtakor” guruhdagi raqiblarini bilib oldi


Osiyo Chempionlar Ligasining 2020-yilgi mavsum guruh bosqichiga 10-dekabr, seshanba kuni qur’a tashlandi.

O‘zbekiston klublariga mazkur musobaqa uchun “1+2” kvota ajratilgan. O‘zbekiston Superligasi g‘olibi “Paxtakor” to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichida ishtirok etsa, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” pley-off bosqichida ishtirok etadi.

“Paxtakor” jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhdan shuningdek, Saudiya Arabasitonining “Al-Hilol”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab al-Ahli” va to‘rtinchi pley-off g‘olibi o‘rin oldi.

“Lokomotiv” pley-off bosqichida Tojikiston chempioni “Istiqlol” bilan o‘ynaydi. Mazkur juftlik g‘olibi esa Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bilan safarda guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Agar “Lokomotiv” guruh bosqichiga yo‘l olsa “A” guruhida ishtirok etadi.

“Bunyodkor” esa saralash bosqichida  dastlab Toshkentda Iroqning “Al-Zavra” jamoasi bilan o‘ynaydi. Bu uchrashuv g‘olibi Birlashgan Arab Amirliklarida “Al-Ayn”ga qarshi bahs yuritadi. Vadim Abramov shogirdlari bu bosqichdan o‘ta olsa, u holda “o‘lim guruhi” deya atalayotgan “D” guruhidan o‘rin oladi.

OChL—2020

“G‘arb” mintaqasi

“A” guruhi

“B” guruhi

“C” guruhi

“D” guruhi

“Sharq” mintaqasi

“E” guruhi

“F” guruhi

“G” guruhi

“H” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют