» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi diniy savollarga javob beruvchi Call-markazni ishga tushirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi diniy savollarga javob beruvchi Call-markazni ishga tushirdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarning diniy mavzudagi savollariga javob berish maqsadida Call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

“Muhtaram yurtdoshlarimizning diniy savollariga javob berish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar’iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mo‘min-musulmonlarimiz bu boradagi o‘z savollariga ushbu Call-markaz orqali javob olishlari mumkin.

Call-markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba). Ushbu 78-150-33-44 telefon raqamlari orqali Call-markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют