» » O‘zbekistonda 2020-yildan benzin va suyultirilgan gaz narxi oshadi

O‘zbekistonda 2020-yildan benzin va suyultirilgan gaz narxi oshadi


2020-yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda aytiladi.

Bunda 2020-yildan zargarlik buyumlari uchun 25 foiz, mobil aloqa xizmatlari uchun 20 foiz, kumushdan ishlangan oshxona anjomlari uchun 11 foiz, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz uchun 30 foiz, polietilen granulalar uchun 30 foiz aksiz solig‘i stavkasi joriy qilinadi.

Shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2020-yil 1-anvardan 1 litr benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun 285 so‘m (2020-yil 1-apreldan esa 350 so‘m), siqilgan gaz uchun esa 435 so‘m (1-apreldan 500 so‘m) aksiz solig‘i olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют